Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi bir necha hududlarga zarba berdi: 11 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab kishi yaralandi

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi bir necha hududlarga zarba berdi: 11 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab kishi yaralandi

2025 yil 14 iyul kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi bir nechta hududlarga keng ko‘lamli havo va artilleriya zarbalarini amalga oshirdi. Mahalliy tibbiy manbalar va guvohlarga ko‘ra, ushbu hujumlar natijasida kamida 11 falastinlik halok bo‘lgan, o‘nlab tinch aholi jarohatlangan.

Hujumlar asosan qochqinlar lagerlari, ozuqa va suv tarqatish punktlari, shuningdek tinch aholi to‘plangan hududlarga qaratilgan. Saftavi mahalasida besh kishi, Tuffax tumanida ikki kishi, Rafah shahrining Shakush tumanida yana ikki fuqaro halok bo‘lgani xabar qilingan. Nuseyrat qochqinlar lagerida suv tarqatayotgan avtomobilga uyushtirilgan zarba natijasida yana bir falastinlik qurbon bo‘ldi. Xan-Yunus yaqinidagi Mavasi hududida dron hujumida chatirdagi bir shaxs halok bo‘ldi.

G‘azoning Zaytun va Shujoiya tumanlarida binolar va infratuzilmalarga qarshi qattiq artilleriya zarbalari berilgan. Markaziy Gazoda joylashgan "Sheva" va "Xasri" ko‘p qavatli uylariga ham hujum uyushtirilgan, ammo qurbonlar qayd etilmagan.

G‘azo fuqarolik mudofaasi vakili Mahmud Basalning so‘zlariga ko‘ra, sharqiy hududlardagi vaziyat og‘ir bo‘lib, qutqaruv otryadlari hali ham u yerga yetib borolmayapti. U u yerda ko‘plab halok bo‘lganlar, yaralanganlar va vayrona ostida qolganlar borligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 17:40 14.07.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!