Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yurakka mador bo‘luvchi mahsulotlar

Yurakka mador bo‘luvchi mahsulotlar

Yuragim sog‘lom ursin, desangiz, kaliy, magniy, B vitaminlari va antioksidantlarga boy taomnomani tanlang.

Meva va sabzavotlar:
Banan, olma, ismaloq, brokkoli, pomidor. Ularda yurakning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kaliy, magniy, vitaminlar va antioksidantlar mavjud. Shuningdek, turshak, mayiz kabi quritilgan mevalar ham yurakka koni foyda.

Baliq:
Qizil ikra, seld, yog‘li baliqlar omega-3 kislotasiga boy bo‘lib, ular qon tomirlarining qayishqoqligini ta’minlaydi.

Yong‘oqlar:
Yong‘oq, bodom, pista va yeryong‘oqda yurak uchun foydali bo‘lgan YE vitamini, omega-3 kislotasi va magniy mavjud.

Dukkakli donlar:
Loviya, yasmiq, no‘xatlar kaliy, magniy va oqsilga boy bo‘lib, xolesterinni kamaytirishga va yurak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Yorma donalar:
Guruch, grechka, perlovka, arpa ovqat hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi. Ovqat o‘rnida hazm bo‘lsa, yurakka yuk tushmaydi.

Yurakni asrash uchun:
- To‘yingan yog‘lar, trans yog‘lar, tuz va shakarni iste’mol qilishni cheklang.
- Me’yoriy vaznni saqlang.
- Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bajaring, harakatda bo‘ling.
- Chekish va spirtli ichimliklardan voz keching.
- Profilaktik tekshiruvlar uchun muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib turing.

Kiritildi: 05:28 14.07.2025. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!