Amerikalik olimlar qiziq bir tajriba o‘tkazdilar. Uning natijalariga ko‘ra, mushaklarni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun eng yaxshi vaqt soat 16:00 dan 20:00 gacha ekan. Tajribada xuddi shunday jismoniy tayyorgarlikka ega yuz nafar erkak ishtirok etdi. Ishtirokchilar ertalab, tushdan keyin va kechasi mashqlar bajarishdi. Natijaga ko‘ra, dinamik harakatlarni bajarishda mushaklarning eng yuqori ko‘rsatkichi kechki payt qayd etilgan.
Kechki mashg‘ulotdan so‘ng testosteronning ko‘payishi ertalabdan ko‘ra ko‘proq. Bundan tashqari, mushak tolalarini yo‘q qilishga yordam beruvchi gormon - kortizol darajasi kechqurun kamayadi. Stress gormonining eng past darajasi soat 19:00 da, eng yuqori darajasi esa soat 7 da ekan. Mushaklar massasining o‘sishiga yordam beruvchi anabolik gormonning yuqori faolligi ham kechqurunga to‘g‘ri keldi.
Ammo vaznni yo‘qotish nuqtai nazaridan, kechki mashg‘ulotlar samarasi ertalabki mashqlarnikidan pastroq. Ertalabki mashg‘ulotlar ortiqcha yog‘larning tez erishiga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, tushlikdan oldin mashq qilish ishtahani nazorat qilishga yordam beradi.