Bugun, 4 iyul soat 02:42 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Sag‘bon” MFY, Fitrat ko‘chasida joylashgan uylalarning birida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:10 da o‘rab olingan va soat 04:05 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida uyning 140 kv.m maydonda shifti, tomi, ichki qismi va jihozlari yongan.
Yong‘in oqibatida tan jaroxati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.