Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

Attestasiya natijalaridan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilar sud orqali test jarayonlarini qayta o‘tkazishni talab qilmoqda. Ular vazirlikdan ma’naviy ziyon va boshqa xarajatlarni ham undirmoqchi.

Bir guruh o‘qituvchilar Makttabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi. «Xalq ta’limi info» nashri yozishicha, o‘qituvchilar attestasiya imtihonlarini qayta o‘tkazish, ma’naviy ziyonni va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan da’vo arizasi taqdim etgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 15 apreldan 14 maygacha pedagoglar uchun attestasiya test sinovlari o‘tkazilgan edi. Jarayonlarda 177 ming 640 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan. Natijalarga ko‘ra, 73 mingdan ortiq o‘qituvchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, taxminan 104 ming o‘qituvchi (58,9 foiz) yetarli ball to‘play olmagan.

Test sinovlari paytida ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fan o‘qituvchilari test savollaridan norozi ekanini bildirgan. Vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov balldan qoniqmaganlar apellyasiya berishlari mumkinligini aytgan. Biroq ko‘pchilik o‘qituvchilar apellyasiya komissiyasi javoblari umumiy va bir xil bo‘lganidan shikoyat qilgan.

O‘qituvchilar test savollarining juda murakkab ekani, savollar mavzularga mos kelmagani va testologiya talablariga rioya qilinmaganini bildirgan. Sudga topshirilgan da’vo arizasida 9 ta asosiy e’tiroz keltirilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi test murakkabligi va vaqt me’yoriga mos kelmasligini qamrab olgan.

Shuningdek, apellyasiya komissiyasi qarorlari o‘z vaqtida shaxsiy kabinetlarga yuborilmagani va pedagoglarning shikoyatlari asosli baholanmagani qayd etilgan.

O‘qituvchilar suddan attestasiya jarayonlarini qayta o‘tkazish, ma’naviy ziyonni undirish va boshqa kamchiliklar uchun mas’uliyat yuklashni so‘ragan.

Kiritildi: 16:58 04.07.2025. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!