Peskov: Ukrainaga qancha kam qurol yetkazib berilsa, maxsus harbiy operasiyaning tugashi shunchalik yaqin bo‘ladi.
Kreml AQShning Kiyevga ba’zi qurollarni yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaroriga bo‘sh omborlar va ushbu qurollarning yetishmasligi sabab bo‘lgan deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Tushunishimizcha, bu qarorga bo‘sh omborlar, omborlarda ushbu qurollarning yetishmasligi sabab bo‘lgan", — dedi Peskov jurnalistlarga.
Seshanba kuni AQSh zaxiralarining tugashi fonida AQShdan Ukrainaga o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ yetkazib berish to‘xtatilgani haqida xorij gazetasi xabar bergan edi.
Oq uy vakili Anna Kelli NBC telekanaliga yetkazib berish to‘xtatilganini tasdiqladi va bu qaror "Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish" uchun qabul qilinganini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh Kiyevga ba’zi qurollarni yetkazib berishni to‘xtatgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirar ekan, Ukrainaga qancha kam qurol yetkazib berilsa, maxsus harbiy operasiyaning tugashi shunchalik yaqin bo‘lishini aytdi.
"Chorshanba kuni... Ukraina TIVga AQShning Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakili Jon Xinkel taklif qilindi. Suhbatning asosiy mavzusi... AQShning harbiy yordami va mudofaa hamkorligi... (TIV - tahr.) ilgari ajratilgan... paketlarni yetkazib berishni davom ettirish juda muhimligini ta’kidladi," - deyiladi Ukraina idorasi saytidagi bayonotda.