Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Kiyevda Rossiya hujumlariga qarshi turish imkoniyati bormi?

Kiyevda Rossiya hujumlariga qarshi turish imkoniyati bormi?

Vashington Ukrainaga qurol yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu qaror AQSh o‘zining ichki mudofaa ehtiyojlari haqida qayg‘urish bilan izohlandi. Tramp keyinchalik bu yetkazib berishlar qayta boshlanishini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, shunday degan: "Avvalo, AQSh o‘zini yetarli darajada qurol bilan ta’minlashi kerak."

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, to‘xtatilgan yordam tarkibiga Patriot PVO tizimi uchun o‘nlab perexvatchi raketalar, Stinger portativ zenit tizimlari, yuqori aniqlikdagi artilleriya snaryadlari, 100 dan ortiq Hellfire raketalari hamda NASAMS PVO tizimi va F-16 uchun raketalar kiradi.

Patriot tizimi uchun raketalar tanqisligi Ukraina uchun juda og‘ir oqibatlarga olib keladi, deydi Yevropa tashqi aloqalar kengashi (ECFR) xavfsizlik bo‘yicha mutaxassisi Gustav Gressel. Uning DW nashriga bergan izohida aytilishicha, faqat 2024 yil iyunining o‘zida Rossiya Ukrainaga 330 dan ortiq raketa uchirgan, shulardan 80 tasi ballistik bo‘lgan.

Rossiya tomoni asosan shunday raketalarni ishlatmoqdaki, ularni faqat AQShning Patriot yoki Fransiya va Italiyaning Aster (SAMP/T) tizimlari to‘xtatishi mumkin. Ammo Gressel ta’kidlaganidek, Fransiya va Italiyada yillik ishlab chiqarish hajmi Amerikaga nisbatan ancha kam. Shu bois Ukrainada miqdor jihatidan jiddiy muammo yuzaga kelmoqda.

Kiyev aviasiya instituti yetakchi ilmiy xodimi Valeriy Romanenko DW bilan suhbatda shunday degan:

"Agar biz antiraketa olmasak, har kuni muhim ob’ektlarimiz yo‘q qilinadi, insonlarimiz halok bo‘ladi. Chunki bizning ularni to‘xtatish uchun hech qanday vositamiz qolmaydi."

DW suhbatdoshi bo‘lgan ayrim ekspertlar yechim sifatida Evropa PVO tizimlarini takomillashtirish va yaxshilash zarurligini ta’kidlashmoqda. Biroq bu jarayon vaqt talab etadi. Yaqin kunlarda Ukraina qurolli kuchlariga mavjud qurol-aslahalarni tejash va ehtiyotlash rejimiga o‘tishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Kiritildi: 14:45 04.07.2025. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!