Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish 10 iyuldan boshlanadi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish 10 iyuldan boshlanadi

2025 yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar 2025 yil 10 iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

☑️Qayerga? Qanday?

▪️Davlat xizmatlari markaziga borib yoki my.gov.uz sayti orqali onlayn: my.gov.uz/oz/service/325

☑️Subsidiya olish uchun quyidagilar talab etiladi:

▪️30 balldan kam bo‘lmagan ijtimoiy reyting (ballar to‘g‘risida my.gov.uz saytida ma’lumot beriladi)

▪️Daromad chegaralari:
— Viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda: 3,1 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha
— Toshkent shahrida: 3,1 mln so‘mdan 10,6 mln so‘mgacha

▪️Ariza beruvchi va turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lmasligi shart
▪️Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun alohida mezonlar mavjud

Ariza qabul qilish – 10 iyul soat 09:00 dan boshlanadi.

Kiritildi: 21:05 03.07.2025. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!