Parijdan 100 km uzoqlikda joylashgan Shartr shahri (Er-i-Luar departamenti) yaqinida kichik samolyot qulab tushdi, uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Le Parisien gazetasi prefekturaga tayanib xabar bermoqda.
"Samolyot turar-joy hududiga qulagan, lekin turar-joy binolari ustiga emas", — deya gazeta prefektura bayonotidan iqtibos keltiradi.
Polisiya voqea sodir bo‘lgan hududni o‘rab oldi, voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.