«Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qaror loyihasi jamoat muhokamasiga qo‘yildi.
Unga muvofiq, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalarni 15 oktyabrgacha va 15 fevralgacha – yilda ikki marta qabul qilish huquqi berilishi taklif etilmoqda.
Shuningdek, qarorda quyidagi talablar nazarda tutilgan:
Qabul, o‘qishni ko‘chirish va bitiruvchilarni davlat attestasiyasidan o‘tkazish jarayonlari davlat OTMlari uchun belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi;
Tashkilotda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimi bo‘lishi va u vazirlik tizimiga integrasiya qilinishi;
Mavjud lisenziya asosida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar 5 yil ichida mulk huquqi asosida zarur infratuzilmaga ega bo‘lishi shartligi.
Prezident qarorlari asosida tashkil etilgan OTMlar bu talabdan mustasno hisoblanadi.
Bundan tashqari, HEMIS tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan talabalarga davlat namunasidagi diplom berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.