Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistondagi yirik 7 ta savdo tarmog‘ida tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshgan

O‘zbekistondagi yirik 7 ta savdo tarmog‘ida tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshgan

Yanvar-may oylarida O‘zbekistondagi yirik 7 ta savdo tarmog‘ida tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshgan.

🧮 Xaridlar bo‘yicha o‘rtacha chek miqdori 77,8 ming so‘mni tashkil etgan. Umumiy hisobda 12,5 ming turdagi tovarlar sotilgan.

📈 Mazkur davr mobaynida umumiy xaridorlar soni 1,9 mln nafarni tashkil etgan bo‘lib, shundan 24,7 ming nafari kuniga ikki va undan ortiq marotaba xaridlarni amalga oshirgan.

👨‍💼👩‍💼 Yirik chakana savdo tarmoqlarida jami 22,7 ming nafar fuqaro ish bilan band.

💰Ularda mehnat qilayotgan xodimlarning o‘rtacha ish haqi miqdori esa quyidagicha:

🔹Korzinka — 6,5 mln so‘m (13,1 ming xodim);
🔹Havas — 4,4 mln so‘m (3,4 ming xodim);
🔹Makro — 5 mln so‘m (2 mingdan ortiq xodim);
🔹Olma — 4,3 mln so‘m (2,1 ming xodim);
🔹Baraka — 5,3 mln so‘m (794 nafar xodim);
🔹Magnum — 5,1 mln so‘m (851 nafar xodim);
🔹bi1 — 3,8 mln so‘m (521 nafar xodim).

Joriy yilning 5 oyi davomida Soliq mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar asosida qaytarilgan keshbek summasi qariyb 38,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Kiritildi: 15:00 24.06.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!