Joriy yilning 28 iyun sanasida boshlab “Quruvchilar (12-bekat) bekatidan Yangiobod (6-bekat)igacha metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi qurilgan metro yo‘nalishlarida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida yer usti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.
Shu munosabat bilan yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilmoqda. Rejali profilaktik ishlarni keyingi navbatini amalga oshirish uchun joriy yil 28 iyun sanasida boshlab, “Quruvchilar (12-bekat) – Yangiobod (6-bekat)” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
“Qipchoq-Yangiobod-Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.