Amaldagi qonunchilikka muvofiq, konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanilganda, tadbir reklamasida bu haqdagi ma’lumot — ya’ni fonogrammadan foydalanish darajasi aniq ko‘rsatilishi shart.
Shuningdek, tadbir tashkilotchilari tomosha boshlanishidan avval fonogrammadan foydalanish darajasi haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan audioxabarni tarqatilishini ta’minlashi lozim.
Bu talablar tomoshabinlarni xolis xabardor qilish va san’at sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan.
Tadbir tashkilotchilari ushbu qoidalarga rioya qilishi shart!