Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Jismoniy shaxslarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni cheklash imkoni yaratildi

Jismoniy shaxslarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirishni cheklash imkoni yaratildi

2024 yil 6 iyundan boshlab O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini ixtiyoriy ravishda taqiqlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu haqda “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi ma’lum qildi.

Ushbu xizmat mutlaqo bepul bo‘lib, hozirda kredit byurosining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirish mumkin. Taqiqni faollashtirish orqali fuqarolar o‘zlari xabarsiz holda nomlariga kredit rasmiylashtirilishi holatlarining oldini olishlari mumkin.

Mazkur tartib 2024 yil mart oyida qabul qilingan qonunga asosan joriy etildi. Qonunga muvofiq, jismoniy shaxslar o‘z nomlariga kredit rasmiylashtirilishini cheklash uchun yozma yoki elektron shaklda YAIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolariga murojaat qilishlari mumkin.

Taqiqni joriy etish va uni bekor qilish jarayonlari ham to‘liq bepul hisoblanadi. Hozircha davlat xizmatlari tizimida mazkur xizmat ishga tushirilmagan.

Avvalroq, 2024 yil 20 iyundan boshlab fuqarolar o‘zlarining kredit tarixi olinishiga cheklov o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishgan edi.

Kiritildi: 23:35 21.06.2025. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!