Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi

Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro avtomashina oynasidan mushukni yo‘lning qatnov qismiga uloqtirganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 15 iyun kuni Mirobod tumani hududida, 1986 yilda tug‘ilgan Z.X. “Nexia” rusumli avtomashina oynasidan mushukni yo‘lning qatnov qismiga uloqtirib, harakatni davom ettirgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi (“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur moddaga asosan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 11:17 21.06.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!