Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil Tebriz aeroporti atrofiga havo hujumi uyushtirdi

Isroil Tebriz aeroporti atrofiga havo hujumi uyushtirdi

Isroil Eron hududida joylashgan strategik nuqtalarga navbatdagi havo hujumlarini amalga oshirdi. Eronning ISNA agentligi xabariga ko‘ra, zarbalar Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi Ilxchi hududi va Tebrizdagi Shahid Medeni xalqaro aeroporti atrofida amalga oshirilgan.

🔍 Hujumlar natijasida:

  • Aeroport yaqinida joylashgan radiolokasiya ob’ektlari nishonga olingan;

  • Ardabil shahrida raketa qurilmasiga zarba berilgan;

  • Tehrondagi turar-joy manzili ham zarbaga uchragani haqida xabarlar bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu hujumlar Isroil tomonidan Eronning harbiy va strategik infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan keng ko‘lamli operasiyaning bir qismi sifatida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Isroil va Eron o‘rtasidagi nizo yanada kuchayib, ikki davlat bir-birining hududiga havo va raketalar orqali hujumlar uyushtirmoqda.

Hujumlar bo‘yicha Isroil tomoni hozircha rasmiy bayonot bermagan.

Kiritildi: 17:56 20.06.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!