Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Mbappe shifoxonadan chiqarildi

Mbappe shifoxonadan chiqarildi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa ixtiyoriga qaytmoqda.

Fransuz o‘tkir gastroenterit bilan kasalxonaga yotqizilgandi, bu haqda yaqinda "Real" matbuot xizmati xabar berdi. Jurnalist Melxor Ruisning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi allaqachon kasalxonadan chiqarilgan - u yig‘inga qaytgan. Futbolchi maxsus davolanish kursini davom ettiradi va tez orada safga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida "qaymoqranglilar" Kilian Mbappesiz "Al-Hilol"ni mag‘lub eta olmadi (1:1). 22 iyun kuni Xabi Alonso jamoasi ikkinchi turda Meksikaning "Pachuka" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 07:18 20.06.2025. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!