Joriy yil 18 iyundan 30 iyungacha Mirzo Ulug‘bek tumani Sayram 5-tor ko‘chasi "Anor Bank" va "Britaniya maktabi" yonida yo‘lning bir qismida ishlar olib borilishi sababli tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, ushbu ko‘chada "Veolia Energy Tashkent" MCHJ XK tomonidan 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi asosida diametri 720 mm bo‘lgan 120 metr uzunlikdagi eskirgan issiqlik quvurlari almashtiriladi. Ta’mir sabab avtomobillar harakati cheklanmasligi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident qarori bilan joriy yil 1 iyundan yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tungi vaqtda amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.