Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron so‘zsiz taslim bo‘lishi kerak — AQSh prezidenti

Eron so‘zsiz taslim bo‘lishi kerak — AQSh prezidenti

Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Eron haqida ketma-ket bir nechta post joylashtirdi.

"Endi biz Eron osmonini butunlay va to‘liq nazorat qilyapmiz. Eronda yaxshi kuzatuv tizimlari va boshqa mudofaa uskunalari bor edi, ular juda ko‘p edi. Lekin ular AQSh yaratgan, loyihalashtirgan va ishlab chiqarganlar bilan taqqoslaganda hech narsa emas. Hech kim buni Amerikadan yaxshiroq qila olmaydi!", — deb yozdi AQSh rahbari.

Tramp Tehrondan" so‘zsiz taslim bo‘lishni" talab qildi. Bundan tashqari, AQSh Eron oliy rahbari Ali Xominaiy qayerdaligini yaxshi bilishini ta’kidladi.

"Biz “Oliy rahbar” deb ataluvchi shaxs qayerda yashiringanini aniq bilamiz. U biz uchun oson nishon, lekin u omonlikda. Biz uni ushlamoqchi (o‘ldirmoqchi!) emasmiz, hech bo‘lmaganda hozircha. Lekin biz tinch aholi yoki amerikalik askarlarga qarata raketa otilishini istamaymiz. Sabr-toqatimiz to‘lib bormoqda. So‘zsiz kapitulyasiya (taslim bo‘lish)!", — deb yozdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti keyingi postida.

Kiritildi: 23:13 17.06.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!