Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyaning Shvesiyadagi savdo vakolatxonasiga dron yordamida bo‘yoq solingan paket tashlab ketildi

Rossiyaning Shvesiyadagi savdo vakolatxonasiga dron yordamida bo‘yoq solingan paket tashlab ketildi

Bu haqda “Meduza” nashri xabar bermoqda.

"17 iyun tongida Rossiyaning Shvesiyadagi savdo vakolatxonasi dron tomonidan hujumga uchradi. Dron vakolatxona hududi ustidan uchib o‘tgan va uning markaziy kirish eshigi oldidagi maydonga bo‘yoq solingan paketni tashlab ketgan. Shuni qayd etishga majburmizki, Shvesiya hukumati yana bir bor o‘zining xalqaro-huquqiy majburiyatlarini bajara olmagan", deya xabar berdi Rossiya elchixonasi.

Xuddi shunday hujum 2025 yil 25 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi binosiga ham uyushtirilgan, o‘shanda dron elchixona hududiga bo‘yoq solingan banka tashlagandi. O‘sha vaqtda Rossiya diplomatik missiyasi “bunday hujumlar bir yildan ortiq vaqt davomida muntazam davom etayotganini” qayd etgan edi.

Kiritildi: 22:25 17.06.2025. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!