Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya NATO chegaralari yaqinidagi yadroviy infratuzilmani faol ravishda modernizasiya qilmoqda

Rossiya NATO chegaralari yaqinidagi yadroviy infratuzilmani faol ravishda modernizasiya qilmoqda

Shvesiyaning SVT telekanali sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga tayanib, Rossiya so‘nggi yillarda Shvesiya yaqinidagi kamida beshta yadroviy inshootni modernizasiya qilganini xabar qildi.

Shvesiya mudofaa vaziri Poul Jonsonning aytishicha, Stokgolm uzoq vaqtdan beri Rossiya yadroviy salohiyatini oshirish va harbiy doktrinadagi o‘zgarishlarni kuzatib keladi.

Amerikaning FAS tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Belorussiyaning Osipovichi shahrida Sovet yadro qurollarini saqlash ombori modernizasiya qilinmoqda - ob’ekt uch tomonlama xavfsizlik perimetri bilan o‘ralgan, yangi temir yo‘l platformasi va havo mudofaasi tizimlarini oldi.

Kaliningraddagi yadro bazasi yangilandi: yangi binolar, kuchaytirilgan xavfsizlik va kengaytirilgan kommunikasiyalar paydo bo‘ldi. Polsha ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda 100 tagacha taktik yadro qurollari joylashishi mumkin.

Novaya Zemlya arxipelagida ko‘plab yangi ob’ektlar qurilgan - mutaxassislar uni yadroviy sinovlar uchun asosiy sinov maydonchasi deb bilishadi. Va Kola yarim orolida suv osti ballistik raketalari uchun o‘nlab bunkerlar va ularni yuklash uchun iskala qurilgan.

Kiritildi: 21:45 17.06.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!