Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandda internetga noqonuniy ulanib, uni pullab kelgan shaxs aniqlandi

Samarqandda internetga noqonuniy ulanib, uni pullab kelgan shaxs aniqlandi

Oqdaryo tumanida telekommunikasiya tarmog‘iga noqonuniy ulangan va lisenziyasiz internet xizmati ko‘rsatib kelgan shaxs fosh etildi.

«O‘zkomnazorat» inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy shu’basi, «Elektromagnit moslashuv markazi» DUK hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.F.S. o‘z uyida radiorele qurilmasi orqali 9 nafar fuqaroga pullik va bepul internet xizmatlari ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi.

Tekshiruv natijasida ushbu faoliyat uchun hech qanday lisenziya, ruxsatnoma va shartnomalar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, S.F.S. hamda 9 nafar fuqaroga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 152-moddasi, 155²-moddasi va 165-moddalariga asosan chora ko‘rildi.

Kiritildi: 16:07 17.06.2025. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!