Fitrat XX asr o‘zbek adabiyoti mashhur ma’rifatparvari, adib va siyosiy arbob, shuningdek, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. U o‘zining adabiy va lingvistik faoliyati orqali o‘zbek va turkiy tillarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. O‘zbek adabiyotining yangi shakllarini yaratishga harakat qilgan va shu orqali milliy o‘zlikni anglashga hissa qo‘shgan.
Fitrat 1921 yilda Sharq musiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori bo‘lgan. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V.A.Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etgan. U shu vaqtdan boshlab, “Shashmaqom” kuylarini to‘plash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qilgan. Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol va ota G‘iyosdan Buxoro Shashmaqomi V.Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib, nashr etilgan.
Ma’rifatparvar Abdurauf Fitrat buxorolik talabalarni Germaniyaga yuborish tashabbuskorlaridan biri ham edi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi "O‘zbekiston XX asrda" ekspozisiyasi uchun Fitrat faoliyatiga bag‘ishlangan “Fitrat — Sharq musiqasi bilimdoni” medialoyihasi tashkil etilishi belgilangan.