Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish holatlariga chek qo‘yildi

Madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish holatlariga chek qo‘yildi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi "Sariosiyo" chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida uning qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 267 dona qadimiy tangalar va taqinchoq qismlari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, ushbu ashyolarning qadimiyligi va qiymatini aniqlash uchun bojxona xodimlari tomonidan badiiy ekspertiza tayinlandi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, 39 dona osma bezak ko‘rinishidagi kumush tangalar 19-asrda Buxoro amirligida zarb qilingan, qolgan taqinchoq qismlari ham 19-asr oxiri 20-asr boshlariga oid bo‘lib, madaniy boylik hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-sonli qaroriga muvofiq, 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar yurtimizdan olib chiqib ketilishiga ruhsat etilmaydi.

Hozirda ashyoviy dalil sifatida olingan buyumlar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:26 09.06.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!