Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Avgustdan boshlab bir oylik harbiy xizmat to‘lovi 8,9 mln so‘mga oshiriladi

Avgustdan boshlab bir oylik harbiy xizmat to‘lovi 8,9 mln so‘mga oshiriladi

1 avgustdan O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10% ga oshirilib, 1 271 000 so‘m etib belgilanadi. Bu bilan safarbarlik chaqiruv rezervida (SSR) bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov 8 085 000 so‘mdan 8 897 000 so‘mga oshadi.

Bu mablag‘lar Mudofaa vazirligining maxsus hisobraqamida jamlanib, harbiy xizmatchilarning nafaqasi va moddiy-texnik ta’minotiga yo‘naltiriladi.

Safarbarlik chaqiruv rezerviga 27 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi va ular oylik yig‘inlarda ishtirok etishadi. Zarur hollarda, haqiqiy harbiy xizmatga jalb etilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bir oylik harbiy xizmat to‘lovi 2019 yildan buyon bosqichma-bosqich oshirib kelinmoqda.

Kiritildi: 15:59 07.06.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!