Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda somon yoqilishi sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda

O‘zbekistonda somon yoqilishi sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda

“O‘zbekkosmos” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilning birinchi yarmida 2 000 ga yaqin dalalarda somon yoqish holati aniqlangan va bu holatlar huquq organlariga yuborilgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gektar yerda somon yoqilganda:
• 500 g azot oksidi
• 379 g uglevodorod
• 3 kg kul
• 20 kg is gazi va uglerod oksidi atmosferaga chiqadi.

Bu moddalar atmosferani zaharlaydi, odamlarda sil va saraton kasalliklari xavfini oshiradi.

Somon va o‘simlik qoldiqlarini yoqish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. MJTKning 88-moddasiga ko‘ra, fuqarolarga 3–5 BHM, mansabdor shaxslarga 5–10 BHM miqdorida jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, yetkazilgan zarar qoplanishi kerak.

Kiritildi: 15:00 07.06.2025. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!