Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya bugun tunda Kiyevni o‘qqa tutdi

Rossiya bugun tunda Kiyevni o‘qqa tutdi

Rossiya harbiylari tomonidan Ukraina poytaxti Kiyevning tunda o‘qqa tutilishi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi yaralandi.

Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.

"Poytaxtda allaqachon to‘rt kishi halok bo‘lgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari bir necha joylarda davom etmoqda", - dedi mer.

Unga ko‘ra, jabrlangan 20 kishidan 16 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Mahalliy matbuotning yozishicha, 6 iyunga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevga dronlar va ballistik raketalar yordamida zarba bergan. Shaharning kamida uchta hududida yong‘inlar va vayronalarning qulashi qayd etilgan.

Kiritildi: 10:13 06.06.2025. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!