Isroil harbiy-havo kuchlari 5 iyun oqshomida Beyrutning janubiy chekkasida joylashgan Dahiya shahriga bergan zarbalarida dron zavodlari va omborxonalari nishonga olingan.
Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kas X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
"Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va men bugun kechqurun Isroil mudofaa kuchlariga Beyrutdagi Dahiya mahallasi markazidagi "Hizbulloh" tashkiloti uchuvchisiz uchoqlarni ishlab chiqarish va saqlash uchun foydalanilgan binolarga hujum qilish va ularni yo‘q qilish haqida ko‘rsatma berdik”, deb yozdi u.
Kas, shuningdek, bu harakatlar Isroil va Livan o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini saqlab qolishga qaratilganini ta’kidladi. “Biz murosasiz o‘t ochishni to‘xtatish qoidalariga rioya qilishni ta’minlashda davom etamiz va hech bir tomonning Isroil shimolidagi aholi punktlari va Isroil davlatining barcha fuqarolariga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.
Shu bilan birga, u sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgarlikni Livan rasmiylariga yukladi. “Biz Livan hukumatini o‘t ochishni to‘xtatish qoidalarini buzish va Isroil davlatiga qarshi qaratilgan har qanday terrorchilik faoliyatining oldini olish uchun bevosita javobgar deb hisoblaymiz”, dedi Kas.