Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Trampning bayonotlaridan keyin SpaceX aerokosmik kompaniyasi Dragon kemalarini foydalanishdan chiqariladi

Trampning bayonotlaridan keyin SpaceX aerokosmik kompaniyasi Dragon kemalarini foydalanishdan chiqariladi

SpaceX aerokosmik kompaniyasi AQSh Milliy aeronavtika va kosmik ma’muriyati (NASA) tomonidan Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) odamlar va yuklarni yetkazishda keng qo‘llaniladigan Dragon kosmik kemasini foydalanishdan chiqarishni boshlaydi.

Bu haqda kompaniya egasi Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

"AQSh Prezidentining mening hukumat shartnomalarimni bekor qilish haqidagi e’lonini hisobga olib, SpaceX o‘zining Dragon kosmik kemasini zudlik bilan foydalanishdan chiqarishni boshlaydi" - dedi tadbirkor.

Tramp avvalroq "AQSh byudjetida pul tejashning eng oson yo‘li bu Mask uchun davlat subsidiyalari va shartnomalarini tugatishdir", deb aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Dragon — NASA Commercial Orbital Transportation Services (COTS) dasturi doirasida SpaceX tomonidan ishlab chiqilgan transport kosmik kemasi bo‘lib, foydali yuklarni XKSga yetkazish va ularni Yerga qaytarish uchun mo‘ljallangan.

Dragon - XKSdan Yerga yuklarni qaytaradigan dunyodagi yagona yuk kosmik kemasi. Ushbu qurilmaning ishdan chiqarilishi NASAning XKSdagi missiyalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 09:25 06.06.2025. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!