Nasdaq elektron birjasida Amerikaning Tesla kompaniyasi aksiyalari kompaniya bosh direktori Ilon Mask va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi ziddiyat fonida 9 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi.
Bu haqda savdo platformasi ma’lumotlari xabar bermoqda.
Toshkent vaqti bilan 01:55 holatiga ko‘ra, kompaniya aksiyalari 9,08 foizga tushib, har bir aksiya uchun 301,91 dollarni tashkil qilgan. Soat 02:35ga kelib kotirovkalar pasayishni sekinlashtirdi va har bir aksiya uchun 302,61 dollardan (-8,87%) sotildi, 03:29ga kelib esa narx 297,91 dollarni (-10,28%) tashkil etdi.
Avvalroq Tramp amerikalik tadbirkordan hafsalasi pir bo‘lganini aytgandi.