Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh "sarguzashtlari" davom etadi: "Mask yomon ko‘p asabimga o‘ynayapti, menga unga juda ko‘p yordam qilganman"

AQSh "sarguzashtlari" davom etadi: "Mask yomon ko‘p asabimga o‘ynayapti, menga unga juda ko‘p yordam qilganman"

AQSh prezidenti Donald Tramp milliarder Ilon Maskning o‘z ma’muriyatini tanqid qilishi fonida tadbirkordan hafsalasi pir bo‘lganini aytib, u uchun ko‘p ish qilganini aytdi.

Bu haqda Tramp Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uchrashuvda aytdi.

"Ilondan juda jahlim chiqdi, men unga ko‘p yordam berdim" - dedi Tramp.

Amerika yetakchisi, shuningdek, avvallari Mask bilan yaxshi munosabatda bo‘lganini, ammo bu hali ham shundayligini bilmasligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Mask 3 iyun kuni Trampning "One Big Beautiful" xarajat va soliq qonun loyihasini qattiq tanqid qilib, uni "jirkanch ish" deb atagan edi.

O‘tgan haftada u Tramp ma’muriyati qoshidagi AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari lavozimini tark etdi, biroq u prezidentning do‘sti va maslahatchisi bo‘lib qolishda davom etishini ta’kidladi.

Kiritildi: 08:35 06.06.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!