Iordaniya ham tarixda ilk bor jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
Iordaniya terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi.
JCH-2026 saralash turnirining 9-turida Iordaniya terma jamoasi mehmonda Omanni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
3-saralash bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganida, jamoa 16 ochko jamg‘argan holda “B” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, uchinchi o‘rindagi Iroqdan 4 ochko oldinda bormoqda.
Shuningdek, Janubiy Koreya 19 ochko bilan “B” guruhida peshqadamlik qilib, ketma-ket 11-marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eron va O‘zbekiston terma jamoalari “A” guruhidan jahon chempionatiga chiqishdi.