Isroil XAMAS harakati bilan kurashish uchun G‘azo sektoridagi bir qancha falastinlik klanlarni jalb qilgan.
Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ma’lum qilgan.
"Xavfsizlik kuchlarining maslahati bilan biz G‘azoda XAMASga qarshi bo‘lgan klanlarni jalb qildik. Bu faqat yaxshilik uchun - bu askarlarimiz hayotini saqlab qoladi" - dedi u Bosh vazirlik idorasi tarqatgan bayonotda.
Qayd etilishicha, Isroil G‘azoda "asosiy maqsad – HAMAS terrorchilik tashkilotini to‘liq mag‘lub etish uchun xavfsizlik tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aql-zakovat, qat’iyat bilan harakat qilmoqda”.
“Isroil to‘liq g‘alabaga erishgunga qadar barcha jabhalarda harakat qilishda davom etadi”, — deyiladi bayonotda.