Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi yarim finalida Fransiyani 5:4 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin Shtutgartda bo‘lib o‘tdi.
Ispaniya terma jamoasi safida Lamin Yamal (ikkita gol), Niko Uilyams, Mikel Merino va Pedri gol urishdi. Mikel Oyarsabal ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fransiya terma jamoasi gollarini Kilian Mbappe va Rayan Sherki, Randal Kolo-Muani va ispaniyalik Vivian avtogolga mualliflik qildi.
Ispaniya Millatlar ligasi finaliga chiqdi va Portugaliya bilan o‘ynaydi. Uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Fransiya Germaniya bilan kuch sinashadi. O‘yinlar 8 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.