Isroil harbiylari Beyrut chekkasidagi "Hizbulloh"ning nishonlariga zarba berishni boshladi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uning bayonotiga ko‘ra, zarbalar nishonlari Livan poytaxtining janubiy chekkasida joylashgan Dahiyadagi "Hizbulloh" qurolli qanotining 127-havo kuchlari bo‘limidir.
Bundan sal oldin Isroil armiyasi nishonlar joylashgan hududlar aholisini zudlik bilan uylarini tark etishga chaqirgan. Isroil oxirgi marta aprel oyi oxirida Beyrut chekkasiga zarba bergan, shundan beri faqat Livan janubi o‘qqa tutilgan.
Keyinroq Al-Jazira Isroil qiruvchi samolyotlar va dronlar yordamida Beyrutning janubiy chekkasida 17 marta zarba bergani haqida xabar berdi.