Moskvaning SSKA klubi o‘z futbolchisi, vinger Abbosbek Fayzullayevni O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati final bosqichiga chiqqani bilan tabrikladi. Bu natija terma jamoa tarixida ilk bor qayd etildi.
Saralash bosqichining 9-turida O‘zbekiston terma jamoasi safarda BAAga qarshi bahsda durangga (0:0) erishdi va raqib to‘rt ochkolik ustunligini saqlab qoldi. Shu tariqa, Fayzullayev va uning jamoadoshlari jahon chempionatiga bir tur qolganidayoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
«Abbos Fayzullayev va O‘zbekiston terma jamoasini tarixiy yutuq bilan tabriklaymiz! Abbos jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi», — deyiladi SSKA matbuot xizmati tomonidan telegram-kanalda e’lon qilingan xabarda.