Ohangaronda tezkor tadbir paytida 23 bosh tirik va 15 bosh so‘yilgan eshak aniqlandi. Fuqaro SH.SH. eshaklarni 100-200 ming so‘mga sotib olib, go‘shtini kilosi 20 ming so‘mdan Toshkentdagi xaridorga sotgan.
Tekshiruvda go‘sht iste’molga yaroqsiz ekani aniqlandi. Somsa tayyorlashda ishlatilgan eshak go‘shti va boshqa go‘sht mahsulotlari dalil sifatida olindi.
Sud hukmiga ko‘ra, ishga aloqador A.A. va G‘.G‘. 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi.