Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Mo‘g‘uliston bosh vaziri farzandining dabdabali hayoti tufayli iste’foga chiqarildi

Mo‘g‘uliston bosh vaziri farzandining dabdabali hayoti tufayli iste’foga chiqarildi

23 yoshli o‘g‘li va kelinining dabdabali hayoti haqidagi suratlar ortidan yuzaga kelgan ommaviy noroziliklar sababli bosh vazir Luvsannamsrayna Oyuun-Erdenega lavozimini yo‘qotdi.

Instagram'da bosh vazir o‘g‘lining 50 ming dollarlik avto, 5 ming dollarlik sumka va vertolyotda sayrlar aks etgan suratlar jamoatchilikda qattiq norozilik uyg‘otdi. (https://t.me/u_generalissimus/10571?single)

Parlamentda ishonch uchun ovoz berish natijasida u yetarli ovoz ololmadi va ishdan ketishga majbur bo‘ldi.

Rasman hech qanday daromad manbasi bo‘lmagan o‘g‘il va kelinining qimmatbaho hayoti xalq orasida “noqonuniy boylik” shubhalarini kuchaytirgan.

Bu voqea Mo‘g‘ulistonda hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasidagi ishonch muvozanati nozik ekanini ko‘rsatdi.

Kiritildi: 18:25 05.06.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!