Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada qariyb 2 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

Farg‘onada qariyb 2 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyatida alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 805 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:14 05.06.2025. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!