2025-yil 6-iyun — Qurbon Hayiti bayrami kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi:
🔹7-iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;
🔹8-iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.