Rossiya Ukraina dronlarini yo‘q qilish uchun Xitoyning Silent Hunter lazer qurilmasidan foydalanmoqda.
Bu haqda The Telegraph nashri yozmoqda.
Nashr ta’kidlaganidek, bu Rossiya Federasiyasi Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush paytida Xitoydan olgan eng muhim jihozlardan biridir.
Qayd etilishicha, ushbu lazer dushman dronlarini qidirish, kuzatish va yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Uni yo‘l tanlamas avtomobil tomiga o‘rnatish mumkin, shu bilan birga uni avtomobil ichidan boshqarish mumkin.