Garvard universiteti suddan AQSh ma’muriyati tomonidan bloklangan 2,5 milliard dollar mablag‘ni muzlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishni so‘radi va eng qadimgi universitetga nisbatan bunday harakatlarni noqonuniy deb atadi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Garvard universitetining AQSh ma’muriyatiga qarshi Bostondagi okrug sudiga berilgan da’vosiga ko‘ra, 14 apreldan beri universitet milliy xavfsizlikka tahdid, saraton va yuqumli kasalliklarni davolash bilan bog‘liq tadqiqotlarni moliyalashtirishni muzlatish to‘g‘risida 957 ta buyruq olgan. Hujjatda aytilishicha, universitetga qarshi bunday harakatlar uning Oq uy tomonidan taqdim etilgan talablar ro‘yxatini rad etishi bilan bog‘liq.
Xususan, bu OIV kasalligi sohasidagi tadqiqotlar uchun grantlarni tugatish, Mudofaa vazirligining biologik tahdidlar haqida xabardorligini oshirishga tegishli. Garvard ta’kidlashicha, moliyalashtirishning to‘xtatilishi sog‘liqni saqlashning asosiy sohalarida "davom etayotgan tadqiqotlarni yo‘q qiladi".
Tramp va uning ma’muriyati vakillari Garvard va boshqa nufuzli Amerika universitetlari haqida bir necha bor bayonotlar bilan chiqishgan. Rasmiylarga ko‘ra, universitet Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlariga qarshi bo‘lgan falastinparast faollar tomonidan tahdid qilinayotgan yahudiy bo‘lgan talabalarning to‘liq xavfsizligini ta’minlay olmaydi.