KXDR rahbari Kim Chen In xalqaro masalalarda, jumladan, Ukrainadagi vaziyatda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
Bu haqda u Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya “mamlakat suvereniteti, uning hududiy yaxlitligi va xavfsizligi”ni himoya qilishda muvaffaqiyatga erishishiga ishonch bildirdi.
Muzokaralar chog‘ida Kim Chen In va Shoygu xalqaro vaziyat va Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan. Hisobotda ta’kidlanganidek, tomonlarning pozisiyalari to‘liq mos keladi.
Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi, o‘z navbatida, KXDR yetakchisiga Kursk viloyati uchun janglarda koreys xalqi vakillarining ishtiroki uchun Rossiya rahbariyatigi alohida minnatdorchilik bildirdi.