Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

G‘azo sektori ko‘chalarida talonchilik va zo‘ravonliklar soni ortdi

G‘azo sektori ko‘chalarida talonchilik va zo‘ravonliklar soni ortdi

G‘azo sektori ko‘chalarida talonchilik va zo‘ravonliklar soni ortdi. Shu bilan birga, jangarilar gumanitar yordam olishga urinayotgan tinch aholiga qarata o‘t ochadi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari vakili Anna Ukolova ma’lum qildi.

"Biz ma’lum bir tartibsizlikning namoyon bo‘layotganini ko‘ryapmiz. Qurollangan jangarilar gumanitar yordam tarqatish punktlariga yetib borishga urinayotgan tinch aholiga qarata o‘q uzayotganini ko‘rmoqdamiz", - dedi Ukolova.

"Al-Awsat" gazetasining yozishicha, mintaqada qonunbuzarlik darajasi oshib bormoqda, jumladan, mahalliy klanlar vakillari va jangarilar o‘rtasidagi talonchilik va qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

O‘z navbatida, "Al-Hadath" telekanali XAMAS harakati G‘azo sektori xavfsizligi ustidan nazoratni butunlay yo‘qotgani haqida xabar berdi.

G‘azo sektori aholisi ochlik yoqasida ekani avvalroq ma’lum qilingandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, ikki milliondan ortiq odam xavf ostida. Qolaversa, kordonlar orqali olib ketilayotgan insonparvarlik yordami kuchni saqlab qolishga zo‘rg‘a yetadi.

Kiritildi: 09:22 05.06.2025. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!