Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Mask Tramp tomonidan taklif qilingan AQSh byudjetini to‘liq qayta ishlashga chaqirmoqda

Mask Tramp tomonidan taklif qilingan AQSh byudjetini to‘liq qayta ishlashga chaqirmoqda

Yaqinda AQSh ma’muriyatini tark etgan amerikalik tadbirkor Ilon Mask mamlakat rasmiylarini yangi byudjet loyihasini ishlab chiqishga chaqirdi, chunki joriy versiya davlat qarzini sezilarli darajada oshiradi.

Milliarder bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

"Biz yangi byudjet loyihasini tayyorlashimiz kerak. Bu davlat qarzining keng ko‘lamli o‘sishini nazarda tutmasligi kerak", - dedi Mask.

Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida iqtisodiy qiyinchiliklar xavfi tufayli davlat qarzi hajmi bo‘yicha limitdan voz kechish tarafdori bo‘lgan edi.

"Qarz chegarasini butunlay bekor qilish kerak. Bu iqtisodiy falokatning oldini oladi. Shuncha yillardan so‘ng senator Elizabet Uorren bilan rozi bo‘lgan narsani topdim, deb mamnuniyat bilan xabar beraman", - deyiladi bayonotda. Senat a’zosi qarz limitidan "abadiy qutulish kerakligini" ta’kidlagandi.

Kiritildi: 09:20 05.06.2025. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!