Saudiya Arabistoni iyul oyida yevropalik xaridorlar uchun neftning barcha navlari narxini bir barrel uchun 1,8 dollarga oshiradi.
Bu haqda Saudi Aramco davlat kompaniyasi ma’lum qilgan.
Natijada Shimoli-g‘arbiy Yevropa mijozlari uchun Arab Light yoqilg‘isi Brentdan bir barrel uchun 3,25 dollarga, O‘rta yer dengizidan esa 3,05 dollarga qimmatlashadi.
Shu bilan birga, Osiyo mamlakatlari xaridorlari uchun neftning "engil" navlari kelasi oyda bir barrel uchun 0,2 dollarga arzonlashadi. Shunday qilib, Arab Light neftning Ummon/Dubay savatiga qaraganda 1,2 dollarga qimmatga tushadi, bu oxirgi to‘rt yildagi minimal darajaga yaqin.
AQSh uchun "engil" neft narxi bir barrel uchun 0,1 dollarga pasayadi, boshqa navlar uchun narxlar o‘zgarmaydi.