Italiyalik mutaxassis Simone Indzagi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy veb-sayti orqali ma’lum qildi. 49 yoshli murabbiy bilan shartnoma 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
3 iyun, seshanba kuni Indzagi Italiyaning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgani ma’lum bo‘ldi. U 2021 yildan beri mazkur klubni boshqarayotgan edi. Bu davr mobaynida u Italiya chempioni bo‘ldi, ikki marta mamlakat Kubogini va uch marta Superkubokni qo‘lga kiritdi, shuningdek, ikki bor jamoasi bilan Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan.
«Al-Hilol» Saudiya Pro-ligasi joriy mavsumini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa 34 uchrashuvda 75 ochko to‘pladi.