Fransiya va Belgiya Rossiya gazini taqiqlashdan avval uni chuqur tahlil qilmoqda.
Evropa Ittifoqining Rossiyadan suyuq tabiiy gaz (LNG) importini taqiqlash rejasiga Belgiya va Fransiya ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ikkala davlat ham ushbu sanksiyani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi.
Ma’lum qilinishicha, Bryussel Moskva gazi importini to‘liq taqiqlash bo‘yicha reja ishlab chiqmoqda, biroq bu tashabbus Yevropadagi Rossiya LNGsining eng yirik ikki xaridori — belgiyaliklar va fransiyaliklarning qarshiligiga uchramoqda.
Fransiya rasmiylari ushbu chorani ko‘rib chiqishdan oldin taqiqning iqtisodiy va huquqiy oqibatlari bo‘yicha asosli ma’lumotlarni talab qilmoqda. Parij ayni damda Rossiya gazi o‘rnini bosuvchi muqobil energiya manbalarini topish bo‘yicha strategiya ishlab chiqmoqda.
Belgiya hukumati esa sanksiyalar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muhim oqibatlar yuzasidan maxsus hisobot tayyorlash niyatida. Shundan so‘nggina ular yakuniy qarorga kelishini bildirdi.