Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Ukrainadagi Yevropa qo‘shinlarini havo hujumidan himoya qilmaydi

AQSh Ukrainadagi Yevropa qo‘shinlarini havo hujumidan himoya qilmaydi

Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

"Qo‘shma Shtatlar Buyuk Britaniya va Fransiya urush tugaganidan keyin Ukrainada tashkil etishni rejalashtirayorgan xavfsizlik kuchlari kontingentini himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa vositalarini taqdim etishdan bosh tortdi", — deya xabar berdi agentlikning vaziyatdan xabardor manbasi.

Bloomberg suhbatdoshlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqchilari Donald Tramp “xohlovchilar koalisiyasini” qo‘llab-quvvatlashga intilayotgan kafolatlarni bermasligini anglab yetgan.

"Buyuk Britaniya va Fransiya dastlab Qo‘shma Shtatlarni havo himoyasi, chegara hududini kuzatish, shuningdek, razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlashga ko‘ndirishga harakat qilgan. Endilikda ular Vashington Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi chegarani kuzatish, razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlashda davom etishiga umid qilmoqda", — deydi agentlik manbasi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari Rossiyani tiyib turish uchun zarur bo‘lgan choralar bo‘yicha baholarini o‘zgartirdi. Endilikda ular buning uchun ittifoqchilar tomonidan tayyorlangan Ukraina kuchlari, NATO'ning sharqiy qanotida joylashgan Yevropa qo‘shinlari va samolyotlari, shuningdek, Qora dengizdagi patrul xizmati yetarli bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 23:12 04.06.2025. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!