«Al Hilol» tez orada Simone Inzagi bilan shartnoma imzolaydi.
Football Italia xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis klub bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Saudiya klubini tanlagani uchun 4-5 mln yevro atrofida bonus puli oladi.
U Riyod klubida yiliga 25 mln yevro maosh oladi. Inzagi yangi jamoasidagi debyutini 18 iyun kuni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Real»ga qarshi o‘tkazadi. O‘z navbatida bu bahs Xabi Alonso uchun ham Madrid klubi boshqaruvidagi debyut bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Simone «Inter» bosh murabbiyi sifatida 2024 yil A Seriyani, ikki bor Italiya kubogi va ikki marta superkubokni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ikki bor Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.